Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng xavfli smartfonlar aniqlandi

Eng xavfli smartfonlar aniqlandi

Foto: «Gagadget»

AQShning Aloqa bo‘yicha federal agentligi SAR-nurlanish ko‘rsatkichi eng yuqori, ya’ni inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatish ehtimoli baland smartfonlarni aniqladi, bu ro‘yxatga 18 ta qurilma kiritildi.

«Google» kompaniyasining «Pixel 3 XL» qurilmasi antireyting tepa pog‘onasiga joylashtirildi. Smartfonning inson to‘qimalarini elektromagnit nurlash darajasi solishtirma koeffitsiyenti bosh va tana uchun 1,35 Vt/kg., maksimal ko‘rsatkich bo‘yicha 1,52 Vt/kg.ni tashkil etgan.

Ikkinchi o‘rinda — «Google Pixel 3» (1,34 Vt/kg.). Uchinchi o‘rinda esa «OnePlus» smartfoni.

O‘zidan nur taratish darajasiga qarab keyingi pog‘onalarda «LG V40», «iPhone XS Max» va «iPhone XS» joylashgan.

E’tiborli jihati, «Apple», «Google» hamda «Samsung» kompaniyalari chiqargan oxirgi smartfonlar nurlanish ko‘rsatkichi yuqori qurilmalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring