Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Energik tejamkor uylar qurish bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi

Energik tejamkor uylar qurish bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi

24 aprel kuni poytaxtimizdagi «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida «O‘zbekistonda energiya tejamkor uylar qurishda yangi usullar» mavzuida taqdimot va matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

«Ekoklimat» korxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda zamonaviy qurilish sohasida arzon uylarni barpo etishda energiya samadorligiga erishish, yangi tejamkor energiya manbasi hisoblangan qurilish mollarini ishlab chiqarish haqida so‘z bordi.

Ma’lumki, so‘nggi yillarda butun dunyo qurilish sanoatida jadal rivojlanish harakatlari ko‘zga tashlanmoqda. Iqlim o‘zgarishlari hamda iqtisodiy ehtiyojlar turtkisi bilan yangidan kashf etilayotgan innovatsion, energiya samarador va energiya tejamkor mahsulotlar bugun qurilish sohasi rivojiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Bugun qurilish bozorida energiya samaradorlik masalasi birinchi, ya’ni eng muhim omilga aylanib ulgurdi va nainki xususiy, balki davlat ob’yektlari qurilishida ham bu turdagi materiallardan foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 noyabrda qabul qilingan «Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5577-son Farmonida ham 2020 yil 1 yanvardan boshlab uy-joy qurilishi ob’yektlari loyiha-tadqiqot va qurilish-montaj ishlarini bajarish bosqichida energiya-samarador va energiya-tejamkor uskunalar bilan majburiy ravishda jihozlanishi qat’iy belgilab berilgan.

O‘zbekistonda bugungacha energiya tejamkor qurilish mollari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagan edi. Bunday mahsulotlar doimiy ravishda qimmat narxdan xorijdan import qilib kelingan. 2016 yilning yilga kelib Jizzax erkin iqtisodiy zonasida tashkil etilgan «Ekoklimat» kompaniyasi qurilish bozori uchun tejamkor, energiya samarador «mineral paxta» mahsulotlarini ishlab chiqarishni boshladi. O‘zbekistonda ilk bor ishlab chiqarilgan ushbu mahsulot import hajimining keskin tushishiga sabab bo‘ldi. U nafaqat O‘zbekistonda, balki O‘rta Osiyoda yagona sanaladi. Shu bois mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan energiya tejamkor mahsulotga qo‘shni davlatlardan talab ortib bormoqda.  Mahsulot Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda. 

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan Ecover – milliy mahsulotlari uy, ofis va boshqa qurilish binolarida tom ostida ingichka qoplama, shift, devor, xonalar orasidagi devorlar, pol va podval uchun foydalaniladi hamda o‘zidan issiqlikni kam miqdorda o‘tkazishi sabab, binolarni qishda issiq, yozda salqin ushlab turishda eng zamonaviy yechim hisoblanadi. Mahsulotlari shovqinni ham yaxshi ushlaydi va namlikka bardoshli ekani bois hammom, sauna, oshxona, kafe va restoranlar, issiqxonalar, basseynlarda ham keng foydalaniladi.

Mahalliy mineral paxta Xavfsizlik ekologik toza, tejamkorlik, chidamlilik, qulaylik kabi ko‘plab foydali xususiyatlarga ega. 

Bo‘lib o‘tgan taqdimot tadbiri mamlakatimizda qurilish hamda kommunal sohada faoliyat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, loyihalashtirish institutlari uchun foydali ma’lumotlarga boy bo‘ldi. Anjumanda BMT Taraqqiyot dasturi vakillari ham ishtirok etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring