Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Suhbat avvalida Tojikiston Prezidenti davlatimiz rahbarini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Prezidentimizning O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi roli va faol sa’y-harakatlari alohida qayd etildi.

Suhbatda davlat rahbarlari ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

O‘zaro savdo hajmini oshirish va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiyani kengaytirish, faol gumanitar almashinuvlarni, jumladan, chegaradosh hududlar o‘rtasidagi aloqalarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi, deyiladi xabar yakunida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring