Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXXga ko‘maklashuvchi «Chegara posbonlari» faoliyati takomillashtiriladi

DXXga ko‘maklashuvchi «Chegara posbonlari» faoliyati takomillashtiriladi

Foto: Xabar.uz

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga ko‘maklashuvchi «Chegara posbonlari» otryadlari faoliyati takomillashtiriladi. Vazirlar Mahkamasining bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Hujjat loyihasi bilan, «Chegara posbonlari» otryadlari haqidagi nizomni tasdiqlash va uning faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari belgilanmoqda.

Nizomga ko‘ra, ko‘maklashuvchi otryad – DXX Chegara qo‘shinlari tomonidan davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish uchun ixtiyoriy ravishda jalb qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan tashkil etilgan jamoatchilik tuzilmasi hisoblanadi.

Qayd etilishicha, ko‘maklashuvchi otryadlar chegara zonasida, davlat chegarasiga tutash tumanlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, chegara yaqinida joylashgan muassasa, korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan ishchi va xizmatchilardan tashkil etiladi.

Xususan, ko‘maklashuvchi otryadlar a’zoligiga 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinishi mumkin.

Shu bilan birga, ko‘maklashuvchi otryadlar 1 nafar sardor va 9 nafargacha otryad a’zolaridan tarkib topishi ko‘zda tutilmoqda.

Belgilanishicha, ko‘maklashuvchi otryad sardorlariga – mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,41 hamda a’zolarga 1,06 baravarigacha bo‘lgan oylik to‘lovlar amalga oshiriladi.

Qaror loyihasi muhokamasi joriy yilning 13 iyuniga qadar ochiq.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring