Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX Tojikistonga tibbiy niqob olib o‘tayotganlarni ushladi

DXX Tojikistonga tibbiy niqob olib o‘tayotganlarni ushladi

DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlarining bojxona xodimlarini jalb etgan holda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida Uzun tumani «Yangiobod» MFYning Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh hududidan o‘tuvchi «Kofirnixon» daryosi qirg‘og‘ida polietilen qoplarga joylashtirilgan 5 turdagi dori vositalari va 15.000 dona tibbiy niqoblar borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Qayd etilishicha, tumanning «O‘lanqul» mahallasidagi xonadonlardan birida esa 20.000 dona filtrli tibbiy niqoblar borligi aniqlanib, protsessual tarzda rasmiylashtirib olingan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari doirasida aniqlanishicha, mazkur dori vositalari va tibbiy niqoblar mahalliy fuqaro «B.F.»ga tegishli bo‘lib, ularning umumiy qiymati 356 mln. so‘mdan ziyodni tashkil etadi.

«Mo‘may daromad topish maqsadida «B.F.» ushbu dori vositalari va tibbiy niqoblarni «o‘zbek-tojik» davlat chegarasining nazorat qilinishi qiyin bo‘lgan qismi orqali Tojikiston Respublikasiga o‘tkazishni rejalashtirgan», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring