Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyodagi eng yoshi katta futbolchi klubi bilan shartnomasini uzaytirdi

Dunyodagi eng yoshi katta futbolchi klubi bilan shartnomasini uzaytirdi

Foto: «FIFA.com‏»

Yaponiyalik Kadzuyosi Miura 1980-yillardan beri to‘p tepadi, yaqinda u 52 yoshni qarshilaydi.

Kadzuyosi Miura faoliyatini davom ettirayotgan eng yoshi katta futbolchi va gol muallifi sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kirgan. Ammo Miura to‘xtash niyatida emas — «Iokogama» bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi.

— Shartnomamni 2019-yil uchun uzaytirdim. Barcha qo‘llayotganlarga rahmat, sizlardan minnatdorman. Juda ko‘p o‘yinlarda maydonga tushaman, buning uchun tayyorgarlikka borimni sarflayman, — dedi Miura.

2019-yilgi mavsum Miura uchun professional faoliyatidagi 34-si. Tasavvur qiling-a, u Braziliyaning «Santos»ida 1986-yili faoliyatini boshlaganida Krishtianu Ronaldu 1 yoshda bo‘lgan, Lionel Messi esa tug‘ilmagandi...

Miura 2005-yildan beri «Iokogama» sharafini himoya qilib keladi. 1990-yildan 2000-yilgacha Yaponiya terma jamoasiga jalb qilingan, 89 ta o‘yin o‘tkazib 55 ta gol urgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring