Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Donald Tramp grin karta bo‘yicha yangi loyihani taqdim etdi. Shartlar butunlay o‘zgarishi mumkin

Donald Tramp grin karta bo‘yicha yangi loyihani taqdim etdi. Shartlar butunlay o‘zgarishi mumkin

Foto: «365daily»

Bugun AQSh prezidenti Donald Tramp grin karta olish tartibiga kiritilajak o‘zgarishlar loyihasini taqdim etdi, deb xabar bermoqda telegramdagi «Zambarakning o‘qi» kanali muallifi Farhod Fayzullayev.

Unga ko‘ra, lotereya tizimi bekor qilinib, o‘rniga хuddi Kanadadagidek balli tizim joriy etiladi. Ya’ni, AQShga ko‘chib bormoqchi bo‘lgan da’vogar yoshi, bilim darajasi, ingliz tilini bilishi, ish tajribasiga asosan baholanadi va belgilangan balldan yuqori to‘plagan kishilarga grin karta beriladi. Hozirgi kunda esa grin kartani olish uchun ingliz tilini bilish, yuqori malakali bo‘lish shart emas.

Bundan tashqari, bu loyiha grin karta egalarining o‘z oila a’zolarini Amerikaga chaqirish tartibiga ham o‘zgartirish kiritadi.

Qaytaraman — bu hali shunchaki loyiha. Uni Trampning kuyovi Jared Kushner ishlab chiqqan.

Grin karta olish tartibiga o‘zgartirish kiritish prezident qo‘lida emas. Bu loyihani AQSh parlamenti qo‘llasagina u qonunga aylanishi mumkin.

Menimcha, bu yil kuzda o‘ynaladigan grin kartaga bu o‘zgarish ta’sir qilmaydi, chunki hozir Amerika siyosatida juda beqaror ruh hukmdor.

Lekin Trampning saylovoldi va’dalarining eng asosiylaridan biri immigratsiya tizimini isloh qilish ekanini, keyingi yil saylov yili ekanini hisobga olsak, Tramp navbatdagi muddatga saylanishi uchun o‘z va’dasining ustidan chiqishi ehtimoli katta.

Qisqasi — grin karta tizimi o‘zgartirilishiga tayyor turing. Ingliz tilini o‘rganishni boshlang! — deb yozadi bloger.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring