Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat budjetining 2019-yilgi daromad va xarajatlari ma’lum qilindi

Davlat budjetining 2019-yilgi daromad va xarajatlari ma’lum qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Oliy Majlis Senatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri J.Qo‘chqorovning «O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi ma’ruzasi eshitildi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.

2019 yilda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning jami xarajatlardagi qismi 54,5 foizni tashkil qilishi, budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar va stipendiyalar miqdorini har yarim yilda o‘tgan yilgi inflyasiya darajasidan past bo‘lmagan miqdorlarda oshirish ko‘zda tutilgan. 2019-yil 1-yanvardan boshlab ijtimoiy nafaqalar miqdorlari absolyut summada belgilanadi.

Mamlakatimizning bosh moliyaviy hujjati iqtisodiyotning barcha darajalarida barqarorlikni ta’minlash, davlatning o‘z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi va yurtimizning taraqqiyot yo‘lida sobitqadam bo‘lishini ta’minlaydi.

Ushbu masala yuzasidan Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi M.Jumagaldiyev so‘zga chiqdi. U o‘z so‘zida 2019-yilgi soliq siyosatining e’tiborli jihati shundaki, kelgusi yildan boshlab mamlakatimiz soliq siyosatida mutlaqo yangi tizim joriy etiladi, deya qayd etdi.

Kelgusi yilda Davlat budjeti daromadlari, davlat maqsadli jamg‘armalarini hisobga olmagan holda, 102 trln. 627 mlrd so‘mni, xarajatlari esa 107,1 trln. so‘mni tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari joriy yildan farqli ravishda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,1 foiz miqdorida defitsit bilan yakunlanishi belgilangan.

Davlat budjeti joylarda tadbirkorlik va biznes yuritishda mavjud bo‘lgan muammolarni bartaraf etish, ijtimoiy sohalarga yo‘naltirilayotgan mablag‘larni manzilligini oshirish hisobga olingan holda tuzilganligi bilan muhimdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring