Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijdagilar ijtimoiy himoyasiga 25 mlrd. so‘m ajratiladi

Xorijdagilar ijtimoiy himoyasiga 25 mlrd. so‘m ajratiladi

Yaqinda Moliya vazirligi tomonidan 2022 yil uchun budjet loyihasi e’lon qilindi. Unda soha va tarmoqlarga keyingi yil uchun qancha mablag‘ ajratish rejalashtirilganini ko‘rish mumkin.

Xususan, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan fuqarolarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish hamda ularga moddiy yordam ko‘rsatishga 25 mlrd. so‘m ajratiladi.

Mehnat migratsiyasida bo‘lgan vaqtda jarohat olishi tufayli tibbiy yordam talab etilgan fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatishga 3 mlrd. so‘m yo‘naltiriladi.

Shuningdek, mehnat migratsiyasida bo‘lgan vaqtda vafot etgan fuqarolarning jasadlarini, shuningdek, xorijda mehnat faoliyati vaqtida mayib bo‘lgan yoki og‘ir jarohat olgan fuqarolarni olib kelish ishlariga 8 mlrd. so‘m nazarda tutilgan.

Qayd etilishicha, 5 mlrd. so‘m mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan fuqarolarni ketish oldidan moslashtirish, kasbga tayyorlash, ularning kasbiy malakasini tasdiqlash markazlarini respublika hududlarida tashkil etish va jihozlashga sarflanadi.

Fuqarolar xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirgan davrda ularning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta puli summasining o‘rnini qoplash uchun sug‘urta kompaniyalariga bir yo‘la beriladigan subsidiya uchun 6 mlrd so‘m belgilanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring