Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiroqchida tarvuz pishdi

Chiroqchida tarvuz pishdi

Chiroqchi tumanida tarvuz yetishtiruvchi dehqonlar 2020 yil 7 ta davlatga 100 ming tonna tarvuz eksport qiladi. Bu haqda «Nasafnews»ga Chiroqchi tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, ayrim dehqonlar tomonidan yetishtirilgan tarvuzlar pishib, yirik savdo markazlariga yetkazib berilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020 yil 385 ta fermer xo‘jaligi va 591 ta tomorqa egalari 14 ming gektar maydonda tarvuz yetishtirmoqda. Shundan 5 ming gektardan ortiq maydonga ekilgan ertapishar tarvuz 10 maydan boshlab sotuvga chiqadi.

Dehqonlarimiz yetishtirgan tarvuz Rossiya, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ukraina, Belarus kabi 7 ta davlatga eksport qilinadi. Dehqonlarimiz o‘tgan yili 25 ming tonna tarvuz eksport qilgan bo‘lsa, bu yil 100 ming tonna tarvuz sotishni reja qilishgan.

Kuni kecha Chiroqchi tumanining «Utmayli» mahalla fuqarolar yig‘inida tarvuz yetishtiruvchi dehqonlar va eksportiyorlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida o‘tgan ochiq muloqotda respublikamizning turli viloyatlaridan Chiroqchiga kelgan eksportiyorlar Chioqchida yetishtirilgan tarvuz-qovun va poliz ekini mahsulotlarini dunyo bozorlariga olib chiqishni, xorij bozorlarida O‘zbekistonda yetishtirilgan poliz ekini mahsulotlariga talab yuqoriligini aytib o‘tishdi.

Ochiq muloqot nihoyasida Zoyir Mirzayev boshchiligida Chiroqchi tumaniga kelgan mehmonlar lalmi yerlarda yetishtirilayotgan obinovvot tarvuz va qovunlar parvarishlanayotgan poliz ekini dalalarini aylanishdi. Dehqonlar bilan suhbatlashildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring