Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokuratura chinozlik G.Ochilova farzandlarining prezidentga videomurojaati yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Bosh prokuratura chinozlik G.Ochilova farzandlarining prezidentga videomurojaati yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Yaqinda ijtimoiy tarmoq orqali chinozlik G.Ochilovaning farzandlari prezidentga videomurojaat yo‘llab, unda onasi va 16 yoshli ukasi nohaq qamab qo‘yilgani, o‘zlari boquvchisiz qolib ketganini aytib, yordam so‘raydi. Mazkur videomurojaat o‘rganilganda, vaziyat butunlay boshqa ekani ayon bo‘ldi.

Bosh prokuratura rasmiy bayonotida shunday deyiladi:

«...G.Ochilova 18.11.2019-yilda Chinoz tumani prokurori va tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda shar’iy nikohidagi turmush o‘rtog‘i I.Mamayunusov 05.11.2019-yil 11:00 larda yashash xonadoniga bostirib kirib, farzandlari uyda yo‘qligi va yolg‘izligidan foydalanib,  bo‘yniga pichoq tiragan holda o‘ldirish bilan qo‘rqitib, 50.000 AQSh dollari va fuqarolik pasportini bosqinchilik yo‘li bilan olib ketganligini ma’lum qilgan.

Ushbu holat o‘rganilganda G.Ochilova sun’iy dalillarni vujudga keltirish orqali I.N.Mamayunusovni o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda ayblab, yolg‘on xabar berganligi aniqlangan.

I.Mamayunusovni himoyachisi tomonidan taqdim qilingan diskda G.Ochilova voyaga yetmagan (23.03.2017 yilda tug‘ilgan) farzandi Yo.Nimatjanovani ojiz ahvolda ekaniga qaramay, muttasil ravishda uning yetim ekanligi, hech kimga kerak emasliginini aytib, ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazib, qiynoqqa solib kelganligi aks etgan lavhalar aniqlandi (videolavha tahririyatda mavjud).

Foto: Videolavhadan skrinshot

O‘rganishlar natijasida to‘plangan hujjatlardan kelib chiqib, shu yilning 24 dekabr kuni G.Ochilovaga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi «a,v» bandlari, 237-moddasi (yolg‘on xabar berish) 2-qismi «b, g» bandlari  va 238-moddasi (yolg‘on guvohlik berish) 3-qismi «b» bandida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etishda  gumonlanuvchi tariqasida ushlangan. Oradan ikki kun o‘tib, unga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ayni kunlarda voyaga yetmagan Yo.Nimatjanovaning manfaatini ko‘zlab, Chinoz tumani XTB vasiylik va homiylik organi tomonidan G.Ochilovaga nisbatan onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida da’vo arizasi kiritilgan.

Shuningdek, 27.12.2019-yilda O.Ochilovga nisbatan JKning 164-moddasi (bosqinchilik) 3-qismi «b» bandi bilan sirtdan ayblov e’lon qilinib, «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan hamda  qidiruv e’lon qilingan.

Videomurojaatda go‘yoki G.Ochilovaning bosh farzandi ham nohaq qamoqab qo‘yilgani xususida quyidagilar ma’lum qilinadi.

Shu yilning 8-may kuni soat taxminan 11:00 larda voyaga yetmagan (23.03.2003-yilda tug‘ilgan) Ismoilov Jamshid (G.Ochilovani bosh farzandi) Chinoz tumanida joylashgan 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabda jamiyatda yurish turish qoidalarini mensimasdan, 11-sinf o‘quvchisi Ergashev Sardor bilan o‘zaro kelishmovchilik oqibatida janjallashib, janjal natijasida pichoq bilan S.A.Ergashevni bel sohasiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan J.Ismoilovga nisbatan JKning 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumonlanuvchi sifatida ishtirok qilishga jalb qilinib, tergovga keltirish choralari ko‘rilmoqda.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring