Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoro IIBda «Tun» tadbirini tashkil etishda kamchiliklar aniqlandi

Buxoro IIBda «Tun» tadbirini tashkil etishda kamchiliklar aniqlandi

Foto: «Xabar.uz»

Buxoro viloyati IIB tomonidan belgilangan vaqtlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Tun» tadbirini tashkil etishda tezkor-tergov guruhlarining faoliyatida kamchiliklar aniqlangan. Guruh vakillarini ishga mas’uliyat bilan yondoshib,  aholi xavfsizligini ta’minlashda sergaklikka chaqirilayotgan  paytdagi talabdorlik holati esa ijtimoiy tarmoqlarda «Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasidagi «lo‘ttivozlik»  salavhasi ostida xabar talqinida tarqalgan. 

Viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolovning «Xabar.uz»ga bildirishicha, tungi vaqtlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jinoyatchilikni oldini olish va tezkor vaziyat barqarorligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 30 noyabridan 1 dekabrga o‘tar kechasi «Tun» tezkor profilaktik tadbiri uyushtirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lgan. Unga ko‘ra, viloyat IIB boshlig‘ining alohida farmoyishi asosida, barcha shahar-tuman ichki ishlar organlari xodimlari va jamoatchilik vakillaridan iborat alohida guruhlar tungi soat 22:00 dan soat 06:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida xizmat olib borish tartibi belgilab berilgan bo‘lgan.

«Joriy yilning oktyabr va noyabr oylarida viloyatning olis tumanlari, jumladan, Shofirkon, Peshku, Romitan, Qorako‘l, Olot, Kogon va Buxoro tumanlarida odamlar xonadonlarida chorva-mol o‘g‘irliklari ko‘p sodir bo‘ldi. Tun paytida turli jinoyatlar salmog‘ining oshib borayotgani uchun grafik asosida elektr energiyasi cheklovlarining o‘rnatilganligi sababli chekka mahallalardagi jamoatchilik nazorati maskanlari va cho‘l massivlariga tutash manzillarda gulxan yoqib, xizmatni tashkil etishga ruxsat berildi. Ushbu masalada yoshlar yetakchilari mutlaqo jalb etilmagan va shuningdek, xizmat xodimlari ham bu ishga majburlanmagan», – deydi Shuhrat Jalolov.

Ma’lumki,  «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 yanvardagi «Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-92-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Qalqon» jamoatchilik guruhlari to‘g‘risidagi «Nizom» ning tegishli bandlariga asosan, «Tun» tezkor profilaktik tadbirlariga ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya xodimlari bilan birgalikda, mahalla yoshlar yetakchilari tomonidan mahallalardagi yoshlar «Qalqon» guruhlariga jalb etib kelinmoqda.

«Qalqon» guruhi a’zolari hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tadbirlariga jalb etiladi. Bunda mahallalardagi ko‘ngilli yoshlar ishtiroki ixtiyoriy tarzda ta’minlanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda faollashgan xabarda bu tadbirda yoshlar yetakchilari majburlangani aytib o‘tilgan. Biroq, ushbu tadbirda viloyatdan bir nafar ham yoshlar yetakchisi jalb qilinmagan. Faqatgina «Qalqon» guruhi faollari jamoatchilik vakili sifatida qatnashgan bo‘lishi mumkin», – deydi O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi mas’ul xodimi.

Ma’lum bo‘lishicha,  Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan shahar va tumanlarda tashkil etilgan «Tun» tadbiri davomida tergov-tezkor guruhlarining faoliyati o‘rganilganda, qator kamchiliklar aniqlangan, ularning ishga loqayd va e’tiborsiz qarashgani ochiqlangan.

«Har bir xodim egnidagi formasiga munosib harakatda bo‘lishi, tizim qonun-qoidalari va talablariga qat’iy amal qilishi muhim. Tungi vaqtlarda mahallalarda fuqarolarning hayoti va salomatligi, mol mulklari daxlsizligi, jamoat tartibi va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘sha tungi «Tun» tadbiriga befarq va nopisand bo‘lgan tezkor-tergov guruhlarining vakillari ogohlikka chaqirilgan va sergaklantirilgan», –  deydi Shuhrat Jalolov.

IIVning tegishli buyruqlari talablari asosida «Tun» tadbirining mas’ul rahbar va xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Tekshiruv yakuni bo‘yicha mas’ul rahbar va xodimlarga intizomiy ta’sir choralari qo‘llanilib, jangovar shaylikni oshirish bo‘yicha «tezkor reja»lar asosida mashg‘ulotlar o‘tkazilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring