Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Butun dunyo bo‘ylab «Twitter» ishlamay qoldi

Butun dunyo bo‘ylab «Twitter» ishlamay qoldi

Foto: «Twitter» sahifasidan skrinshot

«Twitter»da global uzilish ro‘y berdi berdi. Qo‘shma Shtatlar, G‘arbiy Yevropa, Janubiy Amerika va Yaponiyadan minglab foydalanuvchilar «Twitter»ga kirishda muammolar yuzaga kelgani haqida xabar berishmoqda. Jumladan, O‘zbekistonda ham mazkur tarmoqqa kirishning imkoni bo‘lmayapti.

Tizimning bunday global tarzda ishdan chiqishiga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.

«Twitter» sahifasi va ilovalariga kirilganda texnik xato xabari chiqmoqda. Unda aytilishicha, muammo yaqin orada bartaraf etiladi.

Xabar to‘ldirildi: Bir soatga yaqin davom etgan texnik nosozlikdan so‘ng, «Twitter» yana ishlay boshladi. Ammo hamon ayrim funksiyalarida nosozlik alomatlari bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring