Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Twitter cheklov o‘rnatadi

Twitter cheklov o‘rnatadi

Twitter ijtimoiy tarmog‘ida «ko‘k belgi»siz foydalanuvchilar bor-yo‘g‘i 600 ta postni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda tarmoq rahbari Ilon Mask ma’lum qildi.

Yangi foydalanuvchilar esa 300 tagacha postlarni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Cheklovlar vaqtinchalik ekani aytilmoqda.

CNBC ma’lumotlariga ko‘ra, Twitter veb-sayti yoki mobil ilovasida kontent joylash yoki o‘qishga uringan ko‘plab foydalanuvchilar «Limit oshib ketdi» yoki «Tvitlarni qabul qilib bo‘lmadi» kabi xatoliklarga duch kelishgan.

Eslatib o‘tamiz, bir oy oldin Linda Yakkarino Twitterning yangi bosh direktori bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring