Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniyada 5G-tarmoq sigirlarda sinalmoqda

Britaniyada  5G-tarmoq sigirlarda sinalmoqda

Foto: «Getty Images»

Angliya janubi-g‘arbida 5G standartidagi aloqa imkoniyatlarini qishloq xo‘jaligida sinab ko‘rishmoqda. Maxsus bo‘yinbog‘ sog‘uv tizimiga sigir molxonadaligi va kerakli o‘lchovlar o‘tkazish kerakligi haqida xabar yetkazadi.

Hozircha 50 bosh sigirga robotlashgan sog‘uv tizimi tomonidan boshqariluvchi 5G-bo‘yinbog‘lar taqilgan. Bu beshinchi avlod aloqa standarti qishloq xo‘jaligi uchun nimalar berishi mumkinligi haqidagi savollarga javob topish tomon tashlangan ilk qadamlardandir.

Qolaversa, shu bahona qishloq joylarida keng polosali ulanish va 5G-aloqa tezligini solishtirish imkoni bo‘ladi.

Sinovga bosh-qosh «Cisco» kompaniyasi mutaxassislari, umuman olganda, jonivorlarni masofadan boshqarish tizimi yangilik emasligini, biroq yaxshilangan texnologiya sababli u oson va tezroq ishlashini ta’kidlashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring