Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniyada o‘g‘rini ishga olishmoqchi. Xizmat haqi: soatiga 50 funt va barcha o‘g‘irlangan narsalar

Britaniyada o‘g‘rini ishga olishmoqchi. Xizmat haqi: soatiga 50 funt va barcha o‘g‘irlangan narsalar

Foto: «Castgroup.com»

Buyuk Britaniyadagi kiyim-kechak do‘konlaridan biri «Bark.com»da antiqa ish o‘rniga e’lon berdi. «Bizga ustamon o‘g‘ri kerak, — deyiladi bu e’londa. — Soatiga 50 funt beramiz,  o‘g‘irlagan narsalari o‘ziga qoladi, politsiyaga shikoyat qilmaymiz...»

Do‘kon xo‘jayini majburlikdan shu ishga qo‘l uryapti:

— Do‘konimni ochgan 2013-yildan beri har yili Rojdestvo arafasida o‘g‘rilardan ko‘p jabr ko‘raman, — deydi do‘konchi. — Noyabr kirishi bilan xaridorlar ko‘payib ketadi, ularning har birini kuzatishga ulgurmaymiz. Ikkita kuzatuv kameramiz bor, shunga qaramay har yili minglab funtlik tovarlarimizni shundoq burnimizning tagidan «supurib» ketishyapti.

Shuning uchun ham unga do‘konga kelib molni bildirmasdan o‘g‘irlab keta oladigan va keyin buni qanday uddalaganini yotig‘i bilan tushuntirib beradigan odam kerak. Do‘kon sohibi o‘g‘rining yordamida o‘g‘rilarga qarshi kurashmoqchi, xavfsizlik tizimidagi kam-ko‘stlarni butlamoqchi.

«Yog‘li joy»ga har kimni ham olishmaydi: masalan, jinoyatchilar kerakmas. Xavfsizlik xizmatlarida ishlaganlar bo‘lsa, marhamat!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring