Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuror Piskentda aholi turmush sharoiti bilan tanishdi

Bosh prokuror Piskentda aholi turmush sharoiti bilan tanishdi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Bugun, 27-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Piskent tumaniga tashrif buyurdi, deb xabar berdi Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati.

Tumanda kuz-qish mavsumiga hamda saylovlarga  tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish davomida Bosh prokurorga Piskent tumani hokimi Shuhrat Ahmedov, viloyat prokurori, hududiy sektorlar rahbarlari va tashkilot mutasaddilari hamrohlik qilishgan

Tashrif davomida «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘ini aholisining turmush sharoiti bilan yaqindan tanishdilar. Fuqarolarning suyultirilgan gaz, elektr energiyasi, ichki ko‘chalar ta’mirlanishi bilan bog‘liq murojaatlari joyida hal etildi. Muammolar yechimi bo‘yicha tegishli rahbarlarga vazifalar yuklatildi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Shu kuni «Bo‘z» qishlog‘idagi ichki yo‘llar ham ta’mirlanib, serqatnov yo‘lning 400 metr qismi 300 metr/kub shag‘al bilan qoplandi. Shuningdek, «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘inidagi kam ta’minlangan oila vakillari holidan xabar olindi. Hudud aholisi ehtiyojiga ko‘ra ko‘mir va suyultirilgan gaz yetkazib berish choralari ko‘rildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring