Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuror matbuot kotibi telegramda shaxsiy kanal ochdi

Bosh prokuror matbuot kotibi telegramda shaxsiy kanal ochdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati rahbari, adliya maslahatchisi Hayot Shamsutdinov «Telegram»da shaxsiy kanalini ochdi.

Bundan maqsad «...keng jamoatchilikka prokuratura faoliyatidagi yangiliklar va xabarlarni yetkazish» ekani ta’kidlanadi.

Shundog‘am kunu tun jurnalistlarning goh pisanda, goh ta’na ohangidagi turli so‘rovlariga sabr bilan javob berishga majbur bo‘layotgan mas’ul mutasaddiga qo‘shimcha boshog‘riq shartmidi? Ko‘rinadiki, shartday. H.Shamsutdinovning bunday ishga qo‘l urishi tizim faoliyatining OAVda yanada kengroq yoritishdan tashqari, ayni holatdan qanoat hosil qilmayotganini ham bildiradi. Buning uchun qo‘shimcha imkoniyatlarda foydalanishning aybli joyi yo‘q.

Qisqasi, niyat nekbin.

Obunachilarning barakasini bersin!

Kanal manzili — https://t.me/HShamsutdinov

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring