Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boris Jonson koronavirusdan vafot etgani haqida rasmiy ma’lumot tayyorlab qo‘yilgan edi

Boris Jonson koronavirusdan vafot etgani haqida rasmiy ma’lumot tayyorlab qo‘yilgan edi

Buyuk Britaniya hukumati bosh vazir Boris Jonson koronavirusdan vafot etgan taqdirda qanday reja tuzib qo‘ygani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda kasaldan tuzalib ketgan Boris Jonsonning o‘zi aytib berdi.

Uning ta’kidlashicha, hukumat barcha holatga tayyor turgan va shifokorlar ham Jonson tuzalib ketishiga kafolat bera olishmagan. Shu boisdan bosh vazir koronavirusdan vafot etgan taqdirda beriladigan rasmiy ma’lumot ham tayyorlab qo‘yilgan. Jonson uch kun davomida reanimatsiyada qolgan.

Boris Jonson intervyu davomida koronavirusga qarshi kurashdagi o‘z tajribasini ham aytib berdi. «Arzimagan bir necha kun ichida sog‘ligim bu qadar o‘zgarib ketganiga ishonish juda qiyin edi. Men o‘zimdagi tushkun holatni juda yaxshi eslayman. Nima uchun tuzalib keta olmayotganimni tushuna olmayotgan edim», — deydi u.

Boris Jonson kasal bo‘lgan bir oy davomida hukumatni boshqara olmadi. U 27 aprel sanasida o‘z vazifasiga qaytgan. Eslatib o‘tamiz, bosh vazir o‘zini davolagan ikki shifokorning nomini yaqinda tug‘ilgan farzandi Uilfred Louri Nikolas Jonsonga qo‘ygani xabar qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring