Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolalar markazi direktori katta pora bilan qo‘lga tushdi

Bolalar markazi direktori katta pora bilan qo‘lga tushdi

Insoniyat taraqqiyoti yo‘lidagi g‘ovlardan biri — korrupsiya hisoblanadi. Ayniqsa, korrupsiyaning poraxo‘rlik bilan bog‘liq ko‘rinishi o‘ta ijtimoiy xavfli illat hisoblanadi.

Jamiyatda qonun ustuvorligi, adolat barqarorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini muhofaza qilish singari mas’uliyatli vazifa zimmasiga yuklangan shaxslarning o‘z shaxsiy manfaatlarini jamiyat manfaatlaridan ustun qo‘yishi mutlaqo murosa qilib bo‘lmaydigan holdir.

Eng asosiysi, ana shunday xavfli illatga qo‘l urgan shaxs qonun oldida albatta, javob beradi.

Qarshi tumanidagi «Barkamol avlod» bolalar markazi direktori F.N. mansabdor shaxs bo‘la turib, ta’magirlik jinoyatiga qo‘l urdi. U S.O‘.ni markazga ingliz tili to‘garagi rahbari vazifasiga ishga qabul qilish evaziga ta’magirlik yo‘li bilan xizmat xonasida, qonunga xilof ekanligini bila turib, 850 000 so‘mni pora tariqasida olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati saytimizga xabar berdi.

Albatta, F. N. bu qilmishi uchun qonun oldida javob berdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Nishon tuman sudining hukmiga ko‘ra, u ta’magirlik yo‘li bilan pora olganlikda (Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan) aybdor deb topildi, uning ozodligi cheklandi hamda qo‘shimcha jazo tariqasida muayyan huquqlardan mahrum etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring