Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Biz – bir jamoa, biz – bir oilamiz» (foto)

«Biz – bir jamoa, biz – bir oilamiz» (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Avval xabar berganimizdek, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligi tomonidan «Hududlarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishda mahalliy davlat hokimlik organlari bilan hamkorlik munosabatlari» mavzuida respublika seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida ishtirokchilar vazirlik tomonidan Xorazm viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda Urganch shahridagi 30-maktabda tashkil etilgan kompyuter texnologiyalari, robototexnika, kibersport bo‘yicha maxsus to‘garak faoliyati bilan tanishishdi.

Tadbirning ikkinchi kuni ishtirokchilar Xiva shahrida ochilgan Raqamli texnologiyalari o‘quv markazini borib ko‘rishdi, shuningdek, Xiva aloqa tarixi muzeyi, shahardagi Ichan qal’a majmuasida bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, «Biz – bir jamoa, biz – bir oilamiz» shiori ostida o‘tkazilgan seminarning asosiy maqsadi AKT sohasida hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishish va tajriba almashish, erishilgan natijalarni tizimdagi korxonalar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, soha xodimlarining kasbiy malakasi va bilim darajasini oshirish edi.

Seminarning ochilishida AKT vaziri Shuhrat Sodiqov va Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov qatnashgan hamda Xorazm viloyati hokimi viloyatda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun mahalliy budjetdan 21 milliard so‘m ajratilishini ma’lum qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring