Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birjaga qo‘yilmagan ayrim mahsulotlar narxi oshmoqda

Birjaga qo‘yilmagan ayrim mahsulotlar narxi oshmoqda

Prezident raisligidagi yig‘ilishda yil yakuniga qadar birjadagi tovar aylanmasini 2 baravarga oshirish uchun barcha zaxiralarni ishga solish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Misol uchun, suyuq mineral o‘g‘itlar, neft koksi, nafta, kaustik soda, suyuq uglerod oksidi va texnik kislorod, metall prokat list va po‘lat sharlar, barda kabi mahsulotlarni birja orqali sotishni boshlashga ko‘rsatma berildi.

Yig‘ilishda ayrim turdagi yuqori likvidli tovarlar birjaga qo‘yilmagani oqibatida ularning narxlarida o‘sish kuzatilayotgani ta’kidlandi.

Misol uchun, o‘tgan yilgi paxta hosilidan qariyb 1,5 million tonna texnik chigit olingan bo‘lsada, shundan birjaga 939 ming tonnasi yoki 56 foizi chiqarilgan. Yoki, birjadan chigit olgan 119 ta yog‘-moy korxonalaridan 20 tasi paxta yog‘ini birja savdolariga umuman qo‘ymagan.

Shu bois yuqori likvidli mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilgani ustidan tizimli nazorat o‘rnatish vazifasi qo‘yildi.

Bunda birjaga qo‘yish majburiy bo‘lgan tovarlarni, ayniqsa texnik chigit va paxta yog‘ini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotgan korxonalarga nisbatan javobgarlik kuchaytiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring