Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Bir necha daqiqalik dahshat» – Qozondagi fojianing xronologiyasi tuzildi

«Bir necha daqiqalik dahshat» – Qozondagi fojianing xronologiyasi tuzildi

Foto: ria.ru

Bugun, 11 may kuni Qozon shahridagi 175-sonli gimnaziyada dahshatli voqea sodir bo‘ldi. 19 yoshli yigit maktabga kirib bir nechta o‘qituvchi va o‘quvchilarni o‘qotar qurolda otib tashladi. Ushbu hodisaning xronologiyasi tuzib chiqildi.

19 yoshli Ilnaz Galyaviyev ommaviy qotillikka qo‘l urishidan avval hamda gimnaziyaga kirishdan oldin binoga qarata o‘q uzishni boshlagan.

Bolalar dastlab ko‘chada nimadir portladi deb o‘ylashgan. Birinchi bo‘lib Ilnaz Galyaviyevning o‘qlariga maktab ishchisi Mullanur Mustafin duch keldi. U o‘q ovozlarini eshitganidan keyin ko‘chaga chiqqandi. Maktab qarovuli (ayol kishi) stol ostiga yashirinishga muvaffaq bo‘lgan, qotil uning yonidan o‘tib ketgan.

Shundan so‘ng, Galyaviyev birinchi qavatda o‘t ochadi. Soat 09:20da otishma boshlangan. Ta’lim muassasasi rahbarlari bu vaqtda o‘qituvchilarga maktab chati orqali sinf xonalarida yashirinib olish bo‘yicha topshiriq berishga ulgurishgan. Galyaviyevning o‘qlariga duch kelgan ikkinchi shaxs boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Venera Ayzatova bo‘lib chiqdi.

Ayzatovani og‘ir jarohatlab, Galyaviyev maktab bo‘ylab yurishni boshladi, sinflarning aksariyati yopiq edi – faqat 8-«A» sinfning eshigi ochiq qolgan va u bu xonaga kirib borgandi...

Ingliz tili o‘qituvchisi Elviri Ignatevaning xonasi ham ochiq bo‘lgan. Boshqa versiyaga ko‘ra, qotil eshikni buzib kirigna muvaffaq bo‘lgan. Bu ayol ham qurbon bo‘ldi.

Favqulodda yordam xizmatiga birinchi qo‘ng‘iroq mahalliy vaqt bilan soat 09:18da qabul qilingan. Qo‘ng‘iroq qiluvchi 175-sonli maktabda o‘q ovozlarini eshitganini aytgan. Xuddi shu vaqtda yana bir kishi qo‘ng‘iroq qilib, gimnaziyada «o‘q uzilayotgani va portlash bo‘lgani»ni aytgan. 10 daqiqa ichida 16 kishi «112» raqamiga qo‘ng‘iroq qildi va ularning har biri otishma, portlashlar va ko‘plab qurbonlar haqida xabar berishdi. O‘quvchilarning ota-onalari tomonidan ham bir nechta qo‘ng‘iroqlar amalga oshirilgan.

Qo‘ng‘iroqlar taxminan 20 daqiqa davom etadi. Bu vaqt ichida 19 yoshli bosqinchi 9 kishini o‘ldirishga va yana 10 kishini yaralashga ulguradi. OAVlarda qayd etilishicha, bir necha kishi bu yigitni ko‘chada maktabga ketayotganini ko‘rgan, ammo ularning hech biri politsiyaga ma’lum qilmagan.

Qotilning maktab tomon borayotgani kuzatuv kameralariga muhrlangan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, politsiyachilar otishma boshlanganidan 5-7 daqiqadan o‘tib maktabga yetib kelishgan. Shundan so‘ng Galyaviyev maktabdan chiqib, tezkor xodimlarga taslim bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda qotilning so‘roqqa tutilgani videosi tarqaldi

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, maktabdagi otishma natijasida 9 kishi halok bo‘lgan, ularning 7 nafari bolalar, 20 kishi jarohatlangan. Tergov qo‘mitasi ommaviy qotillik bo‘yicha ish ochgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring