Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir guruh yurtdoshlarimiz mukofotlandi

Bir guruh yurtdoshlarimiz mukofotlandi

Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi.

«Do‘stlik» ordeni bilan

Allaberganov Bekman - Amudaryo tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi raisining o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Altunina Larisa Mixaylovna - O‘zbekiston rus milliy madaniy markazining Olmaliq shahar bo‘limi raisi, Toshkent viloyati

Bayjanov Yaxshibay Abadovich - «Tuyamo‘yin gidroelektrostansiyasi» unitar korxonasining turbina sexi elektrogaz payvandchisi, Xorazm viloyati

Balayeva Sevil Alislam kizi - Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazining Navoiy viloyati bo‘limi raisi

Dovgun Oksana Ivanovna - «Slavutich» Respublika ukrain milliy madaniy markazi raisining o‘rinbosari

Duras Eleni Anastasios - Toshkent shahar grek madaniyati jamiyati boshqaruv kengashi a’zosi

Yembergenova Gulnara Sabirbayevna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Orol oltin merosi» jamoat birlashmasi rahbari

Isxakov Abram Borisovich - Buxoro yahudiylari jamiyati raisi, Buxoro viloyati

Kapadze Taxir Vasilevich - Farg‘ona viloyati turk milliy madaniy markazi raisi

Karipova Raliya Talgatovna - Toshkent shahar boshqird milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi a’zosi

Kravchenya Gennadiy Nikolayevich - Termiz shahridagi «Geniy-Termiz» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Surxondaryo viloyati

Markaryan Garik Muradovich - Samarqand shahar «Luys» arman milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi a’zosi

Maxkamova Riskiniso Zoidovna - Chust tumanidagi «Andalus agro dunyo» fermer xo‘jaligi pillachisi, Namangan viloyati

Maxmudov Erkin Kasimovich - O‘zbekiston uyg‘ur milliy madaniy markazi raisining o‘rinbosari

Nazarova Bozor - Respublika tojik milliy madaniy markazining Jizzax viloyati bo‘limi a’zosi

Olloberdiyev Muqumboy Mavlonovich - Qashqadaryo viloyati arab milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi a’zosi

Razmadze Vladimir Georgiyevich - «Megobroba» Toshkent shahar gruzin madaniyat markazi boshqaruv kengashi a’zosi

Smesova Yekaterina Aleksandrovna - O‘zbekiston rus milliy madaniy markazining Andijon viloyati bo‘limi raisi o‘rinbosari

Topchiyev Jamolidin Sotiboldiyevich - Xonobod shahridagi «Xidirsha» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Andijon viloyati

Fazilova Klara Bayburiyevna - O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazining Sirdaryo viloyati bo‘limi raisi

Xan Margarita Lyurevna - O‘zbekiston koreys milliy madaniy markazlari uyushmasining «Koryo» ansambli badiiy rahbari

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Kogay Marina Aleksandrovna - O‘zbekiston koreys milliy madaniy markazlari uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi raisi

«Shuhrat» medali bilan

Daukayeva Ilvira Gamirovna  - Bektemir tumanidagi 30-bolalar musiqa va san’at maktabining aktyorlik mahorati bo‘yicha o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Lopatin Sergey Mixaylovich - «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» mas’uliyati cheklangan jamiyatining asosiy ishlab chiqarish sexi mexanigi, Buxoro viloyati

Xutova Kulina Mudalifovna - Zafarobod tumanidagi «Chimqo‘rg‘on» qishloq fuqarolar yig‘inining xotin-qizlar faoli, Jizzax viloyati

Ergasheva Maxbuba Xotambekovna - Samarqand davlat universitetining falsafa va milliy g‘oya kafedrasi dotsenti, Samarqand viloyati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring