Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bayrutdagi portlash qurbonlari soni 78 nafarga yetdi

Bayrutdagi portlash qurbonlari soni 78 nafarga yetdi

Foto: «AP Photo»

Livan poytaxti Bayrutda sodir bo‘lgan kuchli portlash qurbonlari soni 78 nafarga yetdi. Bu haqda Livan sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilgan.

Qurbonlar soni yanada ko‘payishi kutilyapti: ko‘plab insonlar bedarak yo‘qolgan, xarobalar ostidan jonsiz tanalar topilmoqda.

Kuchli portlash 4-avgust kuni Bayrut portida sodir bo‘lgandi. Shaharning teng yarmi xarobaga aylangan, kasalxonalar jarohatlanganlar bilan to‘lib ketgan.

Livan bosh vaziri Hasan Diab portlashga portda ko‘p yillar mobaynida saqlab kelingan 2750 tonna ammiak selitrasi sabab bo‘lganini ma’lum qilgan.

Livanda fojia munosabati bilan ikki kunlik motam e’lon qilindi. Prezident Mishel Aun mamlakatda ikki haftalik favqulodda vaziyatni kuchga kiritdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring