Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Livan Isroilga qarata 50 ta raketa uchirdi

Livan Isroilga qarata 50 ta raketa uchirdi

Foto: News Telegraf

Isroilning Ynet gazetasi xabar berishicha, Livan Isroilga qarata 50 ta raketa uchirgan.

Yuqori Galileyada ushbu zarbalar oqibatida jarohatlanganlar hozircha qayd etilmagan.

SAXAL vakili, brigada generali Daniel Xagari maxsus bayonot berib, raketalarning aksariyati havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi tomonidan qaytarilganini aytdi.

Ushbu hujum Isroilda Eron tomonidan kutilayotgan keng ko‘lamli hujumning darakchisi sifatida ko‘rilmoqda. Shu munosabat bilan mamlakat bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Vazirlar mahkamasi a’zolari ishtirokida xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahat yig‘ilishi o‘tkazdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring