Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bangladeshda narkomaniyaga qarshi operatsiyalarda 70 kishi halok bo‘ldi

Bangladeshda narkomaniyaga qarshi operatsiyalarda 70 kishi halok bo‘ldi

Foto:«OkeyDok»

Bangladeshda og‘ufurushlarga qarshi kurashish doirasida olib borilayotgan operatsiyalar asnosida 70 dan ziyod kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

«BBC» ma’lumotlariga ko‘ra mamlakat miqyosida og‘ufurushlarga qarshi xavfsizlik kuchlari olib borayotgan operatsiyalarda 70 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, 3 mingdan ortiq kishi esa hibsga olingan.

«Operatsiyalar xuddi radikal jangarilarga qarshi kurashishdek juda muhim», — degan Bangladesh bosh vaziri Shayx Hasina.

Xuddi shunday operatsiyalar 2016-yili Filippinda ham o‘tkazilgan, unda 7 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring