Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tinchliksevar insonlarning qimmatli xazinasiga aylangan tarixiy nutq

Tinchliksevar insonlarning qimmatli xazinasiga aylangan tarixiy nutq

Foto: Xabar.uz

Bugun Bangladesh Xalq Respublikasining Toshkentdagi elchixonasida Bangabandhu Shayx Mujibur Rahmonning 7-martdagi tarixiy nutqiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mamlakatimizning akademik va ko‘plab nufuzli vakillari ishtirok etishdi.

Bayram dasturida Bangladesh xalqining otasi — mamlakatning ilk prezidenti va bosh vaziri — Bangabandhu Shayx Mujibur Rahmonning 7-mart kunidagi tarixiy nutqi rus va ingliz tillarida subtitr orqali namoyish etildi.

So‘ng «millatni barpo etishda yetakchining o‘rni» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Bangladeshning O‘zbekistondagi elchisi, doktor Mohammad Monirul Islom, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektori Abdurahim Nosirov hamda Vebster universiteti rektori, doktor Entoni Jarvislar qatnashdi.

Tadbir so‘ngida Mujibur Rahmonning shonli hayot yo‘li va merosiga bag‘ishlangan she’riyat kechasi bo‘lib o‘tdi.

Aytish joizki, YuNESKO tomonidan Jahon hujjatli merosi sifatida e’tirof etilgan ushbu tarixiy nutq bugungi kunda nafaqar Bangladesh, balki butun dunyodagi tinchliksevar insonlar uchun qimmatli xazinaga aylangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring