Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baliq ovi juda qimmatga tushdi

Baliq ovi juda qimmatga tushdi

Illyustrativ foto

Muborak tumanining Qorabog‘ qishlog‘ida yashovchi N.B., O.B. va U.N.lar baliq ushlash va noyob hayvonlarni tutishning belgilangan tartibini buzishgani haqida Muborak tumani IIBga 2020-yil 1-aprel kuni xabar kelib tushgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ular o‘zlari bilan olib borgan to‘rlardan ov quroli sifatida foydalanib, 2020-yil 31-mart kuni soat 06:00 lar chamasida Muborak tumani Yangiqoraqum qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi zovur (kollektor)da O‘zbekiston Respublikasining «Qizil kitobi»ga kiritilgan 23 dona 35 903 000 so‘mlik «Turkiston mo‘ylovdori» baliqlarini va 23 dona 7 225 200 so‘mlik «Samarqand xramulya» baliqlarini ovlashgan va tabiatga, hayvonot dunyosiga zarar yetkazishgan. Yetkazilgan moliyaviy zarar esa 43 128 200 so‘mga baholangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan N.U. va boshqalarga nisbatan O‘z.R JKning 202-m 3-q «j» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring