Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda noyob qushning hayoti saqlab qolindi

Samarqandda noyob qushning hayoti saqlab qolindi

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi Jomboy tumani bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan noyob ko‘chib yuruvchi qushning hayoti saqlab qolindi.

Ma’lum bo‘lishicha, tumanning «Sarchashma» mahallasida yashovchi fuqaro O. S. fermer xo‘jaligi atrofida notanish qush ucholmay qiynalayotganligini ko‘rib, uyiga olib keladi. Keyin esa Jomboy tumani Ekologiya bo‘limiga murojaat qiladi.

Holat o‘rganilganida bu qush O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan, ko‘chib yuruvchi tur hisoblangan cho‘l burguti ekanligi ma’lum bo‘ldi. Qush Zarafshon milliy tabiat bog‘ida maxsus tekshiruvlardan o‘tkazilib, ochiq tabiatga qo‘yib yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring