Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim xorij davlatlaridan O‘zbekistonga kelgan yo‘lovchilar majburiy karantinga olinadi

Ayrim xorij davlatlaridan O‘zbekistonga kelgan yo‘lovchilar majburiy karantinga olinadi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekistonga bir qator xorijiy davlatlardan kirib kelgan yo‘lovchilar majburiy karantinga olinadi.

Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlab qolish va yurtimiz hududiga koronavirus infeksiyasining yangi «omikron» shtammi kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bir qator yangi tartib va cheklovlar belgilandi.

Jumladan, endilikda xorijiy davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchilar:

—mamlakatimizga tashrif buyurishidan kamida 72 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi bo‘yicha manfiy ko‘rsatkichga ega ma’lumotnomaga ega bo‘lishlari lozimligi;

— koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi bo‘yicha manfiy ko‘rsatkichga ega ma’lumoti mavjud bo‘lmaganda, aeroport, temir yo‘l vokzallari va chegara o‘tkazish punktlarida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga ekspress test topshirishlari shartligi belgilandi.

Shuningdek:

—Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Isroil, Italiya, Niderlandiya, Chexiya va Misr davlatlari hududidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib keluvchi yo‘lovchilar yuqoridagi talablar bajarilgandan so‘ng mamlakatimiz hududiga kirib kelgan kundan e’tiboran o‘n kun davomida majburiy uy karantiniga olinadi yoki o‘z hisoblaridan mehmonxonaga karantinga joylashtiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring