Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim lavozimlarga surunkasiga ikki muddatdan ortiq saylanish yoki tayinlanish taqiqlanmoqda

Ayrim lavozimlarga surunkasiga ikki muddatdan ortiq saylanish yoki tayinlanish taqiqlanmoqda

Konstitutsiyaviy qonun loyihasida davlat hokimiyatining bir qator lavozimlariga nisbatan ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ushbu lavozimga saylanishi (tayinlanishi) mumkin emasligiga oid demokratik qoida kiritilmoqda.

Bu haqda deputat Jahongir Shirinov Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tayotgan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasida ma’lum qildi.

Shirinovning ma’lum qilishicha, surunkasiga ikki muddatdan ortiq saylanishi (tayinlanishi) cheklanayotgan lavozimlar:

  • Qonunchilik palatasi Spikeri;
  • Senat Raisi;
  • O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti;
  • viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining raisi;
  • hokim;
  • Oliy sudning raisi va rais o‘rinbosari;
  • Sudyalar oliy kengashining raisi va rais o‘rinbosari;
  • Markaziy saylov komissiyaning raisi;
  • Bosh prokuror lavozimlaridir.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring