Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Asakada bola o‘g‘risi ushlandi» videosiga Andijon IIB munosabat bildirdi (video)

«Asakada bola o‘g‘risi ushlandi» videosiga Andijon IIB munosabat bildirdi (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

Bugun, 2019 yil 8 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Asakada bola o‘g‘risi ushlandi» deb nomlangan videolavha tarqab ketgan edi. Ushbu holat Andijon viloyati IIB tomonidan atroflicha o‘rganildi. Bu haqda Andijon viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

O‘rganilishicha, 2019 yilning 7sentyabr kuni, soat 17:30 lar chamasida Asaka tumani O‘zbekiston MFY Toshloq ko‘chasida yashovchi fuqaro S.A Asaka tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 16:30 lar chamasida voyaga yetmagan qizi S.R Asaka shahri, Baraka MFY, Tadbirkorlar ko‘chasida joylashgan markaziy dehkon bozorida yurgan vaqtida, Asaka tumanining Andijon ko‘chasida yashovchi fuqaro R.O mast holatda jamoat joyida voyaga yetmagan S.R.ga odob-axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan xatti-harakatlar qilganligini ma’lum qilgan va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rib berishni so‘ragan.

Ushbu holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, fukaro R.O voyaga yetmagan S.R.ga nisbatan odob-axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan xatti-harakatlar qilgan vaqtida qo‘rqib ketib, bozor ichida bo‘lgan fuqarolarga yordam berishlarini so‘rab murojat etgan. Shu vaqtda fuqarolar R.O.ni ushlamoqchi bo‘lib, ortidan quvishgan. R.O. Asaka shahri, Umid ko‘chasida ushlanib, voyaga yetmagan S.R.ning yashash uyiga olib borilgan. Surishtiruv davomida fuqaro R.O.ga nisbatan Asaka tumani, Baxrin MFYda yashovchi fuqaro X.F urib, tan jaroxati yetkazgani ma’lum bo‘ldi.

Sodir etilgan holat yuzasidan chaqiruvga asosan, Asaka tumani profilaktika inspektori F. Yuldashev voqea joyiga yetib borib, xuquqbuzarlik sodir etganlarni tuman IIB binosiga olib kelib, surishtiruv ishlarini olib borgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring