Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning birgina shtatida koronavirusga chalinganlar soni 100 mingdan oshdi

AQShning birgina shtatida koronavirusga chalinganlar soni 100 mingdan oshdi

Foto: «RIA Novosti»

Nyu-York shtatida bir kecha-kunduzda koronavirusga chalinganlar soni 100 mingdan oshib, 102 863 kishiga yetdi, qurbonlar soni 2373 dan 2935 kishiga ko‘paydi, deya ma’lum qildi shtat gubernatori Endryu Kuomo.

Nyu-York shtati ayni vaqtda AQShda epidemiya markazi bo‘lib turibdi, deb yozadi «RIA Novosti».

«Qurbonlar soni 2373 nafardan 2935 kishiga ko‘paydi», — deydi Kuomo.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shtatda jami 102 863 ta holat qayd etilgan (bir kun oldingidan 10 482 ta ko‘p). Nyu-York shahrida kasallanganlar soni 57 159 kishini tashkil etadi, ulardan 5350 nafari o‘tgan kuni aniqlangan.

Gubernator 14 810 kishi (ulardan 1427 nafari bir kun oldin) shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi. Kuomoning aytishicha, jami 3731 nafar bemor reanimatsiyada, 8886 kishi shifoxonadan chiqarilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring