Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShda koronavirus chekinishni boshladi — Tramp

AQShda koronavirus chekinishni boshladi — Tramp

Foto: AP

Koronavirus epidemiyasi AQShda chekinishni boshladi — kecha, dushanba kuni matbuot anjumani o‘tkazgan mamlakat prezidenti Donald Tramp shunday bayonot berdi.

«Sezilarli siljishga guvoh bo‘lyapmiz. Bu virus chekinayotganidan umid beruvchi belgi», — dedi AQSh rahbari.

Trampning aytishicha, mamlakatda o‘tgan haftada koronavirusga chalinishlari soni deyarli olti foizga qisqargan. AQSh janubi va g‘arbidagi koronavirus o‘choqlari holatiga to‘xtalarkan, prezident bu yerlarda ham ijobiy o‘zgarish boshlanganini ta’kidladi. Xususan, Arizona shtatida kasallikka chalinish haftalik ko‘rsatkichlari 37 foizga, Texasda — 18,7 foizga, Floridada — 21,2 foizga qisqargan. Qolaversa, 18 ta shtatda «COVID-19» tarqalish sur’ati pastligicha qolmoqda.

«Worldometer» ma’lumotiga ko‘ra (04.08.2020, soat 06:50), AQShda koronavirusga chalinganlar jami soni — 4 862 174 nafar. Shundan 2 446 798 nafari (50 foizi) sog‘aygan, 158 929 nafar bemor vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring