Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda fojiali rekord qayd etildi

AQShda fojiali rekord qayd etildi

Foto: EPA

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda bir kunda rekord darajada – 865 kishi COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etdi.

Ushbu ko‘rsatkich koronavirus tarqalganidan buyon dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

Virus oqibatida AQShda jami 3900 kishi vafot etgan va qariyb 190 ming kishi infeksiya yuqtirgani aniqlangan. Bemorlarni aniqlashning eng yuqori cho‘qqisi ham oxirgi kunda sodir bo‘ldi – shifokorlar bemorlar soni 26,4 ming kishiga ko‘payganin qayd etishdi.

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp kelgusi haftalarda o‘limlar soni eng yuqori cho‘qqisiga chiqishi kutilayotganini aytib o‘tgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring