Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh — Xitoy «savdo urushi»: mart oyida muhim voqea yuz beradi

AQSh — Xitoy «savdo urushi»: mart oyida muhim voqea yuz beradi

Foto: «Global Look Press»

AQSh va Xitoy o‘zaro kelishib, «savdo urushi»ga nuqta qo‘yishga yaqin turibdi. Vashington va Pekin savdo bitimining yakuniy shartlarini ko‘rib chiqayotgani haqida «The Wall Street Journal» o‘z manbalariga asoslanib xabar bermoqda.

27-mart sanasida ikki mamlakat rahbari uchrashishi belgilangan, Donald Tramp va Si Szinpin muzokaralar ijobiy yakun topgani ma’lum qilishi mumkin.

Bo‘lajak bitim ko‘plab cheklovlarni olib tashlashi kutilmoqda. Masalan, Pekin import qilinayotgan aksariyat Amerika tovarlari — qishloq xo‘jaligi va kimyo mahsulotlari, avtomobillar va hokazolarga bojlarni pasaytirishga va’da beryapti. AQSh ham «qarzdor» bo‘lib qolmoqchi emas, o‘tgan yili aksariyat, balki barcha Xitoy tovarlariga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarini bekor qilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring