Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda Lacetti YTHga uchrab yonib ketdi

Andijonda Lacetti YTHga uchrab yonib ketdi

Kecha 19 mart kuni Andijon viloyatining Shahrixon tumanida ikkita avtomabil o‘zaro to‘qnashishi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa soat 22:59 larda Shahrixon tumanidagi Andijon-Toshkent yo‘nalishida yuz bergan. 2004 yilda tug‘ilgan R.A. Lacetti avtomobili bilan mazkur yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi tomonidan kelayotgan Nexia bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuv sababli yong‘in kelib chiqib, Lacetti avtomobili to‘liq yongan. FVB xodimlari voqea joyiga soat 23:11 da yetib borib, 23:14 da yong‘in o‘chirilgan. Hozirda uning zarari aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring