Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda koronavirus yuqtirgan bemorlar borgan barcha tibbiyot muassasalari karantinga olindi

Andijonda koronavirus yuqtirgan bemorlar borgan barcha tibbiyot muassasalari karantinga olindi

Foto:«Yandeks»

Andijonda bir oila a’zolari – 3 nafar fuqaroda koronavirus aniqlangan, er-xotin va uning talaba qizida tasdiqlangan edi. Kasallik tashxisi qo‘yilgan ayol 10-11-mart kunlari Qirg‘izistonning O‘sh shahrida va uning qizi ham Qirg‘izistonning O‘sh shahrida 10-18-mart kunlari bo‘lib, Andijonga qaytganlar.

Ayolning erida kasallik alomatlari aniqlanganidan so‘ng o‘tkazilgan tibbiy tekshiruv natijasida bir oilaning 3 ta a’zosida koronavirus aniqlangan. Ular hozirda maxsus shifo maskanidalar. Umumiy ahvoli qoniqarli, alohida holatda tibbiy nazoratda davolanmoqdalar. Bu haqda Andijon sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar bermoqda. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra ushbu 3 nafar koronavirus aniqlangan shaxslar tashrif buyurgan barcha tashkilotlar, ya’ni, Andijon shahrida joylashgan Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi, Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali va Andijon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi zudlik bilan 14 kunga vaqtincha yopilib, karantin e’lon qilindi.

Bemorning uyi, qarindoshlari, tanishlari, kasbiy muloqotda bo‘lgan shaxslar ham alohida nazoratga olindi.

Shu munosabat bilan, Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining faoliyati karantinga olingani munosabati bilan Andijon shahar bolalar shifoxonasiga yuklatildi.

Andijon Davlat tibbiyot instituti klinikasi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining faoliyati Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga berildi.

Andijon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining xizmat faoliyati karantin mobaynida Andijon shahrining boshqa 8 ta oilaviy poliklinikalariga taqsimlandi.

Andijonda tug‘ruqxonalar, tez tibbiy yordam – 103 xizmati, barcha poliklinikalar, barcha shifoxonalar, shuningdek, hususiy shifo maskanlari aholiga tibbiy xizmatni qat’iy tibbiy-sanitariya qoidalarigi rioya qilib, chegaralangan holda davom ettirmoqdalar.

Koronavirusga gumon qilinganlarni telefon orqali muloqot, surishtiruv va xabarlar asosida maxsus himoyalangan tibbiy brigadalar tarkibidagi shifokorlar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazmoqdalar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring