Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda jarima maydonchasiga olib ketilayotgan «Damas» ag‘anadi. Kim aybdor?

Andijonda jarima maydonchasiga olib ketilayotgan «Damas» ag‘anadi. Kim aybdor?

Foto: Sputnik

Ijtimoiy tarmoqlar va ayrib veb-saytlardaAndijon viloyati Andijon tumanida YPX xodimi tomonidan jarima maydonchasi olib ketilayotgan «Damas» mashinasi haydovchining (mazkur mashina haydovchisi, u old o‘rindiqda bo‘lgan) xatti-harakatlari oqibatida ag‘darilib ketganiga oid xabarlar chiqqandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, voqelik shu yilning 21 mart kuni yuz bergan. Ya’ni, viloyat IIB YHXB YPX inspektori R.Madaminov (1985 yilda tug‘ilgan) Andijon tumani, Chem mahallasida xizmat olib borayotgan vaqtda A.S. (1994 yilda tug‘ilgan) «Damas» rusumli avtomashinani hujjatsiz boshqarib kelayotganini aniqlaydi. Shundan so‘ng u tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiradi. Keyin avtomashinani «Bog‘ishamol-Aeroport» yo‘nalishi bo‘ylab jarima maydoniga olib kirish uchun boshqarib ketayotganda, old o‘rindig‘ida o‘tirgan A. S. YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatib, rulni burib yuborishi oqibatida «Damas» ag‘darilib ketadi.

Holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar surishtiruv natijasida A.S. nisbatan JKning 219-moddasi («Xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatish») 1-qismi va 268-moddasi («Transportning xavfsiz ishlashini ta’minlashga doir qoidalarni buzish») 1-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring