Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda Janubiy Farg‘ona kanali GES-1 modernizatsiya qilindi

Andijonda Janubiy Farg‘ona kanali GES-1 modernizatsiya qilindi

27-avgust kuni Janubiy Farg‘ona kanali GES-1 da  olib borilgan modernizatsiya yakunlari va GESning ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Shu o‘rinda Janubiy Farg‘ona kanali GES-1 tarixiga bir nazar tashlasak. 1956 yili Janubiy Farg‘ona kanalining o‘ng qirg‘og‘ida PK 144+00 belgisi hududida JFK GES-1 ning bosh to‘g‘oni qurilgan. Bosh to‘g‘onning vazifasi  JFKda oqib kelayotgan suvni kerakli miqdorda derivatsiya kanali orqali GESga o‘tkazishdan iborat. Derivatsiya kanali 26 m3/sek. suv qabul qilish qobiliyatiga ega.

GESning o‘zi 1965 yilda ishga tushirilgan. Rossiyaning «Uralelektroapparat» zavodida ishlab chiqarilgan bir dona gidrogenerator vertikal holda o‘rnatilgan bo‘lib, uning o‘rnatilgan quvvati 2,1 MVt ni tashkil etadi. 1978-1979 yillarda GES rekonstruksiya qilingan.

2018 yil yanvar oyida boshlangan modernizatsiya ishlari joriy yil avgust oyida muddatidan oldin yakuniga yetdi va qayta qayta topshirildi.

Mazkur loyihaning umumiy qimati 5,81 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 2018 yilda e’lon qilingan halqaro tender savdolari g‘olibi «ENERGORESURS» MChJ qo‘shma korxonasi bilan «O‘zbekgidroenergo» AJ o‘rtasida umumiy qiymati 5,46 mln. AQSh dollariga teng shartnoma imzolangan.

Shundan, shartnoma qiymatining 80 foizi yoki 4,37 mln. AQSh dollari Jahon banki mablag‘lari va qolgan 20 foizi yoki 1,09 mln. AQSh dollari «O‘zsanoatqurilishbank» ATB tomonidan moliyalashtirilgan.

Modernizatsiya qilishda zaruriy gidrotexnik asbob-uskunalar Xitoy Halq Respublikasining Hunan Allanward Hydro Generating Equipment  kompaniyasi tomonidan yetkazib berildi.

Amalga oshirilgan modernizatsiyaning asosiy maqsadi - GESning elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatini oshirish, elektrotexnik, gidromexanik va gidrotexnik qurilmalarining ishonchli ishlashini ta’minlashdan iboratdir.

Loyixaningumumiy quvvati 2,2 MVt bo‘lib, yillik o‘rtacha elektroenergiya ishlab chiqarish 17,1 mln.kVt.soat ga teng.

GESni ishga tushurish rasmiy ochilish marosimida «O‘zbekgidroenergo» AJ, Andijon viloyati hokimligi, tuman hokimligi, xorijiy va mahalliy hamkorlar, OAV vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda, shuningdek, Buloqboshi tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 21 ta oilaning farzandlariga xatna to‘ylari tashkil qilindi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring