Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Aloqabank» filiallari rahbarlariga moliya-bank tizimi va xizmat ko‘rsatish etikasi bo‘yicha dars o‘tiladi

«Aloqabank» filiallari rahbarlariga moliya-bank tizimi va xizmat ko‘rsatish etikasi bo‘yicha dars o‘tiladi

Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2019 yil 22 yanvar kuni AT «Aloqabank» filiallari rahbarlari uchun «O‘zbekiston Respublikasi moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish, samarali bank boshqaruvini tashkil qilish» mavzusida bir haftalik o‘quv seminari boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, Bank Kengashi raisi vazifasini bajaruvchi Shuhrat Sodikov o‘quv seminarini ochib berdi.  Vazir o‘z nutqida bankning rivojlanish strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, jumladan, bankning kapitallashuv darajasini yanada oshirish, aktivlar sifati, salmog‘i va daromadliligini yaxshilash, mijozlarga masofadan turib zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Bank moliya akademiyasi, Toshkentdagi Vestminster universiteti yetakchi mutaxassislari hamda Aloqa va axborotlashtirish sohasining rahbar xodimlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqdalar. Haftalik o‘quv seminari davomida ishtirokchilarning zamonaviy bank ishi bo‘yicha xorij tajribasi, banklarda mavjud tavakkalchiliklarni, bank likvidliligini samarali boshqarish va resurs bazasini mustahkamlash, chakana bank xizmatlarini ko‘rsatishning zamonaviy uslublari, bank faoliyatida zamonaviy marketing vositalari, servis va xizmat ko‘rsatish etikasi, stress holatlariga bardosh berish hamda nizolarni boshqarish kabi mavzular bo‘yicha ma’ruzalar tinglashlari nazarda tutilgan.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring