Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Al-Jazira» telekanali bosh direktori iste’foga chiqdi

«Al-Jazira» telekanali bosh direktori iste’foga chiqdi

Foto: «RUNYweb.com»

Qatarda joylashgan «Al-Jazira» telekanali bosh direktori iordaniyalik jurnalist Yosir Abu Hilol iste’foga chiqdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Men bugun iste’foga chiqdim. Bu mening 4 yil davomidagi uchinchi iste’fom. Direktorlar kengashi rahbari shayx Hamad ibn Samir mening iste’fomni qabul qildi», – deb yozgan Yosir Abu Hilol «Facebook»ka.

Yosir Abu Hilol o‘zining so‘nggi so‘zida iste’foning sababini yozmagan. Telekanal rahbariyati iste’fo haqida biror-bir rasmiy ma’lumot bermagan.

Saudiya Arabistoni yangiliklar manbasining ma’lum qilishicha, telekanal bosh direktori lavozimiga asli kelib chiqishi yamanlik, lekin Qatar fuqarosi bo‘lgan, shu paytgacha bosh direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Sokatra Ahmad Salom as-Sokatra tayinlangan.

O‘tgan yili Qatar bilan Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr o‘rtasida yuzaga kelgan diplomatik ixtilof tufayli ushbu davlatlarda telekanal namoyishi man etilgan edi. Qatar hukumatiga mazkur davlatlar bilan diplomatik aloqalarini tiklashi uchun jahonga mashhur «Al-Jazira» telekanalini yopish sharti qo‘yilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring