Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uzreport TV telekanali o‘zining 10 yilligini nishonladi

Uzreport TV telekanali o‘zining 10 yilligini nishonladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Mamlakatimiz nodavlat televideniyesining vakili – Uzreport TV telekanali o‘zining 10 yilligini nishonlamoqda. Ushbu muhim sana munosabati bilan bugun tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

«Prezidentimiz rahbarligida Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida xususiy telekanallar jadal rivojlanib, chinakam gullab-yashnash davriga qadam qo‘ydi. Ularning bugungi rang-barang va ko‘p qirrali faoliyati aynan «Uzreport TV» bosib o‘tgan yo‘lga, yaratgan tajribasiga ham tayangan desak, adashmagan bo‘lamiz», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Telekanal O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib Reuters, Bloomberg, CCTV kabi xalqaro axborot agentliklari va Discovery, National Geographic loyihalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

24 soat efirga uzatiladigan telekanal 2014 yilda tashkil etilgan bo‘lsa, Uzreport axborot agentligi 1999 yildan buyon faoliyat olib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring