Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aktyor Rishi Kapur vafot etdi

Aktyor Rishi Kapur vafot etdi

Hindistonlik aktyor Rishi Kapur vafot etdi. Bu haqda «DNA India» nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor 30-aprel kuni og‘ir kasallik tufayli shifoxonalardan birida olamdan o‘tgan.

Rishi Kapur mashhur Raj Kapurning o‘rtancha o‘g‘li bo‘lib, 1952-yil 4- aprel kuni Mumbayda tug‘ilgan. 

«Bobbi», «Amar, Akbar va Antoni», «Mening ismim masxaraboz» va boshqa qator filmlarda rollar ijro etgan. 

«Bobbi» filmidan lavha.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring