Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vazirligi koronavirusning oldini olish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda

AKT vazirligi koronavirusning oldini olish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda

Foto: «Mitc.uz»

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Huawei kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda koronavirusni oldini olishda AKT-texnologiyalardan samarali foydalanish maqsadida bir qator kelushuvlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Kelishuvlarga ko‘ra, Huawei kompaniyasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining uchib keladigan zalda o‘rnatilgan bir nechta teplovizor kameralarni hamda ratsiya va bodikameralarni taqdim etdi.

Yaqin orada Xitoyning yetakchi klinikalar bilan tajriba almashish va koronavirus tarqalishini oldini olishda optimal yo‘lni tanlash maqsadida videokonferens-aloqani o‘rnatish va yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring