Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Abu Saxiy» bozorida akasini o‘ldirgan uka 5 yilga qamaldi

«Abu Saxiy» bozorida akasini o‘ldirgan uka 5 yilga qamaldi

2020-yil 16-dekabr kuni soat 16:30 larda N.M. Chilonzor tumanida joylashgan «Toshkent savdo bozori»da (sobiq «Abu Saxiy») aka o‘z ukasi tomonidan shafqatsizlarcha o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi.

10-may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining ochiq sud majlisida sudya Ja’far Kurbanov raisligida mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, sud hukmi e’lon qilindi.

Sud majlisida jabrlanuvchining qonuniy vakili – marhumning rafiqasi qaynukasi oilani yagona boquvchi ekani, unga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligi sababli unga nisbatan ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlashni so‘ragan. Aka-ukaning onasi ham xuddi shunday fikrda ekanini ma’lum qilgan.

Sudlanuvchiga JK 104-moddasining 3-qismi «d» bandi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring