Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

74 yoshli ayol egizaklarni dunyoga keltirdi

74 yoshli ayol egizaklarni dunyoga keltirdi

Foto: Hindustan times

Hindistonning Andxra-Pradesh shtati fuqarosi 74 yoshida EKU yordamida homilador bo‘ldi va ikki qizaloqni dunyoga keltirdi, deb yozadi Hindustan Times.

Shifoxona direktorining so‘zlariga ko‘ra, Erramatti Mangayamma qizaloqlarini Kesar kesish usulida dunyoga keltirgan.

«Operatsiya silliq kechdi. Ona ham, chaqaloqlar ham sog‘lom. Hech qanday asorat yo‘q. Faqat ona oxirgi bir necha soatlik stressdan chiqishi uchun intensiv terapiya bo‘limiga yuborildi», — deydi u.

Mangayamma bolalarini emiza olmaydi — ular donor sutidan oziqlantiriladi.

Direktorning aytishicha, keksa ayol diabet va gipertenziya singari muammolardan forig‘ligi uchun ham hammasi oson kechgan.

Mangayamma va uning turmush o‘rtog‘i Raya Rao (hozir 80 yoshda) 1962 yil 22 mart kuni turmush qurishgan. Ular 57 yil mobaynida bolali bo‘lishga urinishgan. Biroq sun’iy urug‘lantirish sharofati bilangina 74 yoshli ayol shu yilning yanvar oyida homilador bo‘lishga erishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring