Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2023-yilda O‘zbekiston aholisi ro‘yxatga olinadi

2023-yilda O‘zbekiston aholisi ro‘yxatga olinadi

Foto: Xabar.uz

Hukumat qarori bilan (710-son, 11.11.2020-y.) O‘zbekistonda 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

2021-yil 1–25-noyabrda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani, Xiva shahri hamda Toshkent shahri Yashnobod tumanlarida aholi sinov tariqasida ro‘yxatga olinadi.

Butun aholini ro‘yxatga olish esa 2023-yil 1–25-noyabrda quyidagicha amalga oshiriladi:

  • 1–5-noyabrda aholi internet tarmog‘i orqali ro‘yxatga olinadi;
  • 6–10-noyabrda internet orqali ro‘yxatga olingan respondentlar va ularning uy manzillari ro‘yxati shakllantiriladi;
  • 11–22-noyabrda aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari asosida uyma-uy yurib aholi ro‘yxatga olinadi;
  • 23–25-noyabrda har bir uchastkadagi uy-joy manzillarining 10 foizi tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida o‘rganiladi.

Qaror bilan aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jalb etiladigan shaxslarga haq to‘lash tartibi va miqdorlari tasdiqlandi.

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring