Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2018-yilda eng ko‘p baland bino qurgan mamlakatlar aniqlandi

2018-yilda eng ko‘p baland bino qurgan mamlakatlar aniqlandi

Foto: «Prian»

Baland inshootlar va urbanistika bo‘yicha kengash — CTBUH 2018-yilda balandligi 200 metrdan yuqori binolar eng ko‘p qurilgan mamlakatlarni aniqladi.

Xitoy bu reytingda yetakchi, mamlakatda ana shunday osmono‘parlarning 88 tasi qurildi. Bularning umumiy balandligi 21 556 metrga yetadi.

Keyingi o‘rinda — AQSh, umumiy uzunligi 3 343 metrli 13 ta inshoot. Uchinchi o‘rinda BAA bo‘lib, amirliklarda «ustma-ust qo‘yilsa» 2 665 metr chiquvchi 10 ta osmono‘par bino qurib bitkazildi. Darvoqe, Dubay yaqinda qurilish loyihalari hajmi bo‘yicha jahonda yetakchi shahar deya e’tirof etildi.

«Citic Tower»

2018-yilning eng baland binosi Xitoyda tiklandi. Pekindagi «Citic Tower» ofis minorasining balandligi — 528 metr.  

2018-yilda jahon bo‘yicha jami 1478 ta osmono‘par bino qurib bitkazilgan.

Osmono‘par binolar qurishda yetakchi mamlakatlar (2018-y.)

  1. Xitoy
  2. AQSh
  3. BAA
  4. Malayziya
  5. Indoneziya
  6. Tailand
  7. Janubiy Koreya
  8. Kolumbiya
  9. Kuvayt
  10. Kanada
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring